

Hikoya yaqin kelajakda, inson ongiga ulanadigan maxsus qurilmalar keng tarqalgan davrda kechadi. Bu texnologiya odamning eshitishi, ko‘rishi va his qilgan har bir mayda detallarigacha yozib boradi. Tergovchilar ana shu yozuvlar orasiga kirib, xotiralar ichidan jinoyat izlarini qidirishadi. 🧠✨
Bosh qahramon — o‘z ishiga nihoyatda mas’uliyatli va iste’dodli tergovchi qiz. U ko‘p narsalarni o‘z ichiga yutib yashaydigan, lekin voqealarni nozik his qilish qobiliyatiga ega. Uning yoniga esa g‘ayrioddiy hamkor — o‘ta aqlli android yigit biriktiriladi. Ikkalasi birga murakkab jinoyatlar iziga tushib, inson ongining eng yashirin burchaklarigacha kirib borishadi. 🔍
Texnologiya, hissiyot va insoniylik to‘qnashadigan ushbu hikoya trilleri va sirli vaziyatlari bilan tomoshabinni o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. Ba’zan qahramonlarning o‘zaro ishonchi, ba’zan esa ularning o‘tmishidagi yara hikoyani yanada ta’sirli qiladi. 🤖❤️🩹